• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari 13 ta hududda tashkil etiladi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari 13 ta hududda tashkil etiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 22:12

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tizimda erishilgan natijalar, istiqbodagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

Prezident maktablarining 13 tasi (93 foizi) SAT (akademik baholash testi) xalqaro sertifikati imtihonlarini o‘tkazadigan rasmiy markazlari sifatida tan olindi.

Prezident maktablari bitiruvchilarining 84 foizi (275 nafari) muddatidan oldin nufuzli xorijiy oliygohlarda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Prezident maktablari bitiruvchilari dunyo reytingida TOP–10 talikka kiruvchi “California Institute of Technology”, “Garvard” hamda “Princeton” universitetlarining 100 foizlik grantini qo‘lga kiritishdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida tanlov fan sifatida 8-sinflar uchun Kembrijning “Jahon tarixi” fani tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda.
Ijod maktablarining 223 nafar bitiruvchilaridan 83 foizi (187 nafari) muddatidan oldin xorijiy va mahalliy oliygohlarda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishgan.
Ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-11-sinflar uchun “Ijodiy matematika” o‘quv qo‘llanmasi va 6-sinflar uchun “Avval matematika” masalalar to‘plami ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
Ijod maktablarida “Maxsus fan” sifatida 10-11-sinflar uchun o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, “Xalq og‘zaki ijodi”, “Adabiy jarayon”, “Adabiyot qoidalari”, “Publisistika”, “Dramaturgiya” kabi fanlarning o‘qitilishi joriy etildi.
Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bosqichma bosqich STEM fanlarini to‘liq ingliz tilida o‘qitish tashkil etiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati