Qoraqalpog‘istonda ayol boshqa bir ayolni “samosud” qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 22:08
Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida ayol o‘zidan olti yosh katta ayolni “samosud” qildi, deyiladi “Zamon” dasturi xabarida.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodga ko‘ra do‘pposlayotgan ayol tasvirlarni o‘z sahifasiga joylagan va "tuhmat qilgan mana shunday bo‘ladi, ota-onamni va bolamni aytgan mana shunday bo‘ladi", deya izoh qoldirgan.

Voqeaga aniqlik kiritish maqsadida surishtiruv ishlari olib borilgan. Hodisa Qo‘ng‘irotdagi savdo kompleksida yuz bergani aniqlangan.

S. ismli 1994 yilda tug‘ilgan ayol 2000 yilda tug‘ilgan ayolni har xil so‘zlar bilan haqoratlab Instagram sahifasiga joylashtirgani aniqlangan. Shundan so‘ng 2000 yilda tug‘ilgan ayol buning uchun uning sochlaridan tortib, urib tan jarohati yetkazgan.

Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati