WhatsApp messenjeri o‘z faoliyatini qayta tikladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 21:50
Dunyoning turli davlatlarida bir necha soat davom etgan WhatsApp messenjeri ishidagi nosozliklar bartaraf etildi. Bu haqda messenjerning 4 aprel, payshanba kuni ertalab X ijtimoiy tarmog‘idagi mikroblogida ma’lum qilindi.

«Va biz qaytdik! Suhbatdan zavqlaning!» - deydi bu postda. Uzilishlarga aynan nima sabab bo‘lgani haqida xabar berilmagan.

Bundan bir necha soat oldin, 3 aprel oqshomida butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar WhatsApp ishidagi keng ko‘lamli nosozliklar haqida xabar berdi.

Downdetector servisi ma’lumotlariga ko‘ra, nosozlikning eng yuqori cho‘qqisida AQShda 24 ming WhatsApp foydalanuvchisi uzilish haqida xabar bergan. Shu bilan birga, Meta kompaniyasiga tegishli Facebook va Instragram ijtimoiy tarmoqlari ishidagi muammolar haqida ham ma’lumot paydo bo‘ldi.

Ayni vaqtda, Rossiya regulyatori Roskomnadzor 3 aprel kuni kechqurun Rossiyada WhatsApp ishini bloklamaganini ta’kidladi




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati