Zinchenko: Arsenalning natijalari shuni ko‘rsatadiki, chempionlik uchun kurashishga tayyormiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 21:42
"Arsenal" futbolchisi Aleksandr Zinchenko Angliya chempionatida oltin medallar uchun kurash haqida gapirdi.

"Chempionlik uchun kurashda raqiblar bilan bo‘lgan o‘yinlardagi natijalar bizga ishonch bag‘ishladimi? 100 foiz, men sizga yolg‘on gapirmayman. Bu natijalar chempionlik uchun eng yaxshi klublar bilan kurashishga tayyor ekanligimizdan dalolat beradi. O‘tgan hafta oxiridagi "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin psixologik jihatdan muhim edi. "Manchester Siti" va "Liverpul" kabi jamoalarga qarshi o‘ynash oson emas", - dedi ukrainalik futbolchi The Guardian bilan suhbatda.

Mikel Arteta jamoasi 68 ochko bilan Premyer-liga turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. "Liverpul" ikkinchi o‘rinda, ammo ularda bitta zaxira o‘yin bor. Kuchli uchlikni "Manchester Siti" yakunlab turibdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati