Saragosa Bavariyani tark etishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 21:38
Myunxenning “Bavariya” klubi vingeri Brayan Saragosa yozgi transfer oynasida ijara asosida boshqa jamoaga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchining jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel bilan munosabatlari keskin yomonlashgan. Qayd etilishicha, murabbiy Saragosani qaydnomadan chiqarib tashlaganida, bu haqda futbolchiga bevosita aytmagan, balki sport direktori Kristoff Froynd orqali yetkazgan.

Ma’lum qilinishicha, 22 yoshli Saragosa kelasi yozda ijaraga ketishi mumkin, ammo so‘nggi so‘z "Bavariya"ning yangi bosh murabbiyida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi klubga o‘tgan qishda kelib qo‘shilgandi. Bu vaqt ichida u ikkita uchrashuvda maydonga tushdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati