• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • SpaceX kompaniyasi Amerika razvedkasi bilan maxfiy shartnoma doirasida yuzlab josuslik sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘ini yaratmoqda

SpaceX kompaniyasi Amerika razvedkasi bilan maxfiy shartnoma doirasida yuzlab josuslik sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘ini yaratmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 22:34
Amerikalik tadbirkor Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi Amerika razvedkasi bilan maxfiy shartnoma doirasida yuzlab josuslik sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘ini yaratmoqda. Bu haqda Reuters agentligi manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 2021 yilda Pentagon qoshidagi AQSh Harbiy kosmik razvedka milliy boshqarmasi bilan imzolangan 1,8 milliard dollarlik shartnoma bo‘yicha, Starshield tarmog‘ini yaratish uchun mas’ul etib belgilangan.

Reuters AQSh Mudofaa vazirligi quruqlikdagi kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan past orbitali sun’iy yo‘ldosh tizimlariga katta sarmoya kiritganini da’vo qilmoqda.

Agentlik suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, agar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, SpaceX tarmog‘i AQSh Qurolli Kuchlarining Yerning deyarli istalgan nuqtasida potensial nishonlarni tezda aniqlash imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati