SpaceX kompaniyasi Amerika razvedkasi bilan maxfiy shartnoma doirasida yuzlab josuslik sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘ini yaratmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 46
- Формат: mp4
- Дата релиза: 16-03-2024, 22:34
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 2021 yilda Pentagon qoshidagi AQSh Harbiy kosmik razvedka milliy boshqarmasi bilan imzolangan 1,8 milliard dollarlik shartnoma bo‘yicha, Starshield tarmog‘ini yaratish uchun mas’ul etib belgilangan.
Reuters AQSh Mudofaa vazirligi quruqlikdagi kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan past orbitali sun’iy yo‘ldosh tizimlariga katta sarmoya kiritganini da’vo qilmoqda.
Agentlik suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, agar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, SpaceX tarmog‘i AQSh Qurolli Kuchlarining Yerning deyarli istalgan nuqtasida potensial nishonlarni tezda aniqlash imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.