• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston iyul oyida birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi

Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston iyul oyida birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 21:10
Qozog‘istonning Aktau shahrida “Bіrlestіk-2024” tezkor-taktik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston delegasiyalari ishtirok etgan anjumanda mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va galdagi vazifalarga oid qator masalalar muhokama qilindi.

Joriy yilning iyul oyida Qozog‘iston Respublikasining “Oymasha” poligonida, shuningdek, Kaspiy dengizida joylashgan To‘qmoq burunida bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulotlarda “Qurolli nizolar zonalarini aniqlash yo‘nalishida o‘quv-jangovar vazifalarni bajarish” bo‘yicha harakatlar amalga oshiriladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati