Liverpul Lids futbolchisini nishonga oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 21:00
"Lids" yarim himoyachisi Archi Grey yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, 18 yoshli futbolchining xizmatlariga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Avvalroq ingliz giganti "Lids"ning yana bir futbolchisi Krisensio Sammervilleni kuzatib borayotgani haqida xabar berilgandi.

2023/24 yilgi mavsumda Grey barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Greyning "Lids" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali yosh futbolchining narxini 16 million yevroga baholamoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati