“Qirg‘iziston Rossiya bilan hamkorligini to‘xtatmaydi” — Qirg‘iziston bosh vaziri

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 20:46
Qirg‘iziston G‘arbning va’dalariga ishonib, Rossiya bilan hamkorligini to‘xtatmaydi. Bu haqda Qirg‘iziston respublikasi bosh vaziri Oqilbek Japarov xabar berdi, deya yozmoqda “TASS” nashri.

Manbada aytilishicha, Japarov aprel oyi o‘rtalarida AQShga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. U yerda mamlakat rasmiysi AQSh hukumatiga Bishkekning Rossiya bilan muhim va uzib bo‘lmas aloqalari haqida tushuntirish beradi.

“Aprel oyida men bir qator uchrashuvlar o‘tkazmoqchiman. 14 va 20 aprel kunlari Vashingtonda Qambar-Ota-1 GESining katta taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Biz Rossiya Federasiyasi bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarimizni to‘liq to‘xtata olmaymiz, Rossiya bizning strategik hamkorimizdir”, — degan Oqilbek Japarov.

Japarovga ko‘ra, Qirg‘iziston va Rossiya yagona iqtisodiy makonda joylashgan. Rossiyada ishlayotgan qirg‘iz muhojirlari mamlakatga har yili 2,5 milliard dollar hajmida pul jo‘natmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati