Flik «Barsa»ni boshqarishni xohlamoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 20:36
Hans-Diter Flik «Barselona»ni boshqarishni istamoqda.

Diario Sport xabariga ko‘ra, «Bavariya»ning sobiq bosh murabbiyi ispan klubida ishlashni «telbalarcha» istaydi.

Umuman olganda, 59 yoshli mutaxassis imkon qadar tezroq yangi va yuqori saviyadagi jamoa topishdan manfaatdor. U Germaniyadan tashqarida ham o‘z kuchini sinab ko‘rishga qaror qilgan. «Barselona» unga mos keladi.

Shu bilan birga, kataloniyaliklar rahbariyati birinchi navbatda mavsum qanday yakunlanishini ko‘rmoqchi. Xavining murabbiy sifatida qolishi ehtimoli ham bor.

Flik kutishga tayyor. Qayd etilishicha, u «Barsa»ning o‘yinlarini kuzatmoqda va hozirdanoq qanday taktik o‘zgarishlar qilishi mumkinligi haqida o‘ylayapti.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati