Koreya kosmetikasi eksporti rekord darajaga yetdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 20:12
Janubiy Koreyaning 2024 yilning birinchi choragida kosmetika mahsulotlari eksporti o‘tgan yilga nisbatan 20 foizdan ko‘proqqa oshdi, deb xabar beradi Yonhap.

Koreya bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-mart oylarida Janubiy Koreyaning kosmetika mahsulotlari eksporti 2,3 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,7 foizga ko‘p.

Bu barcha birinchi choraklar uchun eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Birinchi chorakda eng ko‘p tovarlar Xitoyga jo‘natildi. U yerdagi eksport hajmi 610 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, AQSh – 380 million dollar, Yaponiya – 240 million va Vyetnam – 150 million dollarni tashkil etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu davrda Janubiy Koreya kosmetikasi 175 ta davlatda sotilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati