Afg‘oniston muvaqqat hukumati BMT missiyasining mamlakatdagi vakolati uzaytirilganidan mamnun

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 46
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 21:56
Afg‘oniston muvaqqat hukumati BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi (UNAMA) yana bir yilga uzaytirilganidan mamnun ekanini ma’lum qildi.

Tolibon ma’muriyati so‘zlovchisi Zabihulloh Mujohid bu borada matbuot bayonotini berdi.

Afg‘onistonning xalqaro tashkilotlar, ayniqsa BMT va xalqaro hamjamiyat bilan diplomatik aloqalarini yaxshilashi kerakligini ta’kidlagan Mujohid, UNAMA bu borada foydali bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. «Afg‘oniston xalqi UNAMA o‘zining vakillik vazifalarini bajarishini, Afg‘oniston va dunyo o‘rtasida aloqa o‘rnatishini, Afg‘oniston taraqqiyoti, erishgan yutuqlari, dunyodagi xavfsizlik va barqarorlikni aks ettirishini, e’tiroz bildirgan davlatlar bilan ishonchni mustahkamlashini istaydi», dedi u.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi (BMT Xavfsizlik Kengashi) yig‘ilishida UNAMA vakolati yana bir yilga uzaytirildi.

UNAMA 2002 yilda BMT Xavfsizlik kengashining 1401-soniga muvofiq tashkil etilgan va uning vakolati har yili yangilanadi.

UNAMA shtab-kvartirasi Kobulda joylashgan va taxminan 1200 kishini ish bilan ta’minlaydi


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati