Bazi hududlarda tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 20:02
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “P.” korxonasi ish boshqaruvchisi M.N. hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida ushbu korxonaga qarashli hammomni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 172,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Muborak tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.B.” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi YA.M. hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida suv nasoslarini “Kelif-Muborak” magistral gaz quvuriga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 144,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “M.S.” oilaviy korxonasi ta’sischisi I.T. hech qanday hujjatsiz ishlab chiqarish sexiga o‘rnatilgan qurilmalarni tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 136,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati