Renn bosh murabbiyi Dembele Oltin to‘pni qo‘lga kiritishiga ishonmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 18:52
"Renn" bosh murabbiyi Juliyen Stefan "PSJ" vingeri Usmon Dembelening o‘yiniga yuqori baho berdi. Kecha, 3 aprel kuni "PSJ" Fransiya kubogi yarim finalida "Renn"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

"Odamlar menga Usmon haqida savol berishsa, doim uning zaif tomonlari haqida so‘rashadi. Men har doim uning kuchli tomonlari haqida gapirib javob beraman. Menimcha, u ajoyib futbolchi. Agar u ko‘proq gol urganida, ehtimol u allaqachon "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan bo‘lardi", - deya fransiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi GFFN.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Usmon Dembele barcha turnirlarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati