Andijonda raqobatni rivojlantirish bo‘limi xodimi yirik miqdorda pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-04-2024, 18:48
Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, amaldor dori vositalarini 2,1 milliard so‘mga oshirilgan narxlarda sotgan kompaniyadan ortiqcha pul olgani haqidagi hujjatni bekor qilish uchun 30 ming dollar va’da qilgan.
U 22,5 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Tekshiruv davomida u va’da qilingan xizmat uchun avvalroq 7,5 ming dollar olgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olingan.