Vlaxovich futboldagi eng katta maqsadini aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 18:10
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Dushan Vlaxovich asosiy orzusini aytdi. Serbiyalik forvard Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istamoqda.

"Chempionlar ligasi? Bu har bir futbolchi g‘alaba qozonishni xohlaydigan turnir. Albatta, men ham bu haqda orzu qilaman. Kelajakda ushbu sovrinni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimni sarflayman", - deya Vlaxovich so‘zlarini keltirmoqda Italiya A Seriyasi rasmiy sayti.

Vlaxovich joriy chempionatda 15 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Yuventus" uchinchi o‘rinda va keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga qaytish uchun yaxshi imkoniyatga ega.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati