Feliks Barselonani Bernaduni sotib olishga chaqirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 17:56
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Joau Feliks jamoasini Angliya Premyer-ligasidan yarim himoyachi sotib olishga chaqirdi. "Atletiko Madrid"dan ijaraga olingan forvard "Manchester Siti"da o‘ynayotgan Bernardu Silvani nazarda tutgan.

"Klub Bernardu Silva bilan shartnoma imzolashi kerak. U juda yaxshi o‘yinchi va shaxs sifatida undan ham yaxshiroq. Bernardu mendan tez-tez "Barselona" haqida so‘raydi, bu yerda uning oilasi bor. Men unga bu yerda hammasi yaxshi ekanini aytdim", - deya Feliksning so‘zlarini keltiradi jurnalist Jerar Romero.

Joau Portugaliya terma jamoasida Silva bilan birga o‘ynaydi. Bernarduning shartnomasida tovon puli 50 million yevro qilib belgilangan. Yarim himoyachiga "Barselona" anchadan beri qiziqish bildirmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati