Pokistondagi teraktda 7 askar halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 48
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 21:10
Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatidagi portlashlarda yetti nafar askar halok bo‘ldi.

Dawn gazetasiga ko‘ra, Pokiston Armiyasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi (ISPR) bayonotida aytilishicha, Shimoliy Vaziriston viloyatidagi harbiy postga bomba o‘rnatilgan avtomobil bilan hujum uyushtirilgan, so‘ngra «bir necha xudkushlik hujumi» sodir etilgan.

Bayonotda xudkushlik hujumi natijasida 5 nafar harbiyning halok bo‘lgani bildirildi.

Hujumni uyushtirgan terroristlarga qarshi olib borilgan operasiya chog‘ida voqeadan keyin 2 nafar zobit halok bo‘ldi. 6 nafar qurolli jangari xavfsizlik kuchlari tomonidan zararsizlantirildi.

Bosh vazirlikdan berilgan bayonotga ko‘ra, Bosh vazir Shahbaz Sharif, «qo‘rqoqlik» deb atagan hujumni qoraladi: «Men va butun xalqimiz jonini fido qilgan shahidlarimiz bilan faxrlanamiz».

Prezident Asif Ali Zardariy X ijtimoiy media orqali qilgan bayonotida, Pokiston terrorizmni butunlay yo‘q qilishga qaror qilganini ta’kidlab, hujumda halok bo‘lgan ofiser va askarlarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati