• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazida “Uch avlod” uchrashuvlari tashkil etildi

FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazida “Uch avlod” uchrashuvlari tashkil etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 16:58
FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazida uch avlod vakillari-iste’fodagi bir guruh faxriylar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvlari tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz» g‘oyasi asosida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularga tizimning shonli tarixini yetkazish. Yoshlar bilan uchrashuvda faxriylarimiz o‘zlarining bosib o‘tgan hayot yo‘li, ko‘p yillar tizimdagi samarali faoliyati to‘g‘risida so‘zlab berdilar va tinglovchilarni chuqur ta’lim olishga da’vat etib, harbiy xizmatchi bo‘lish katta sharaf ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Tadbir yakunida bir qator tinglovchilar namunali xizmartlari uchun, markaz boshlig‘ining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati