Toshkent shahri planetariysini ta’mirlashga 1,4 mlrd so‘m ajratildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 16:56
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning 3 apreldagi qarori bilan Toshkent shahri planetariysiga 1 mlrd 449 mln 800 ming so‘m ajratildi.

Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining bu boradagi tegishli qarori 13 martda qabul qilingan. Mablag‘ maketlar sotib olish, joriy ta’mirlash hamda yong‘in xavfsizligi tizimini yo‘lga qo‘yish va kirish qismiga “Planetariy” so‘zini dekorativ tarzda o‘rnatish uchun sarflanishi rejalashtirilgan.

Kengash qarori prezidentning “2022−2026 yillarga mo‘llallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga asosan qabul qilingani aytiladi. Hokim qarori ham mazkur farmonga asosan va shahar xalq deputatlari kengashining yuqoridagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati