Munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya Qiziltepa hokimi o‘rinbosarining tahdidini o‘rganmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 18
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-04-2024, 16:50
“Mazkur holat zudlik bilan o‘rganiladi hamda mas’ullarning faoliyatiga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi”, – deyiladi Oliy Majlis Senati axborotida.
Qiziltepa tumani hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, holat bo‘yicha hokimlikda hokim o‘rinbosariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.
“Tuman hokimligi bu kabi nojo‘ya harakatlar va xodimlarga nisbatan hurmatsizlikni keskin qoralaydi”, – deya qayd etgan hokimlik.
Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O‘lmas Istamov Zoom orqali o‘tkazilgan onlayn majlisda tashkilot rahbarlariga kechgacha 50 tadan ovoz yig‘ishni buyurgan, aks holda kim bo‘lishidan qat’i nazar ishdan bo‘shatib yuborish bilan tahdid qilgandi.