Bombalanayotgan G‘azo: 181-kunning asosiy voqealari

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 16:46
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 181 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.



▪️ Bosqinchilar Rafah, Dayr al-Balah va Xon Yunisga hujum qildi. Kun davomida 5 ta ommaviy qirg‘in sodir etdi, buning natijasida 62 kishi shahid bo‘ldi, 91 kishi yaralandi.

▪️ Qirg‘inbarot boshlangan 7 oktyabrdan buyon Isroil hujumlari natijasida jami 32 975 falastinlik, jumladan, 14280 nafar bola va 9340 nafar ayol halok bo‘ldi, 75 668 kishi jarohatlandi.

▪️ Isroil armiyasi hujumlari natijasida G‘azoda yana ikki jurnalist – “Quddus ovozi” radiosi boshlovchisi va muharriri Muhammad es-Sayyid Abu Sahil hamda raqamli kontent muharriri Tariq es-Sayyid Abu Sahil halok bo‘lgan. Bu bilan 2023 yil 7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida halok bo‘lgan jurnalistlar soni 140 nafarga yetdi.

▪️ G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Jenin, Baytlahm va Xalil lagerlariga bostirib kirishdi. Jeninda qarshilik kuchlari bosqinchilarga qarshi ikkita portlovchi moslamani ishga tushirdi.
▪️ Al-Qasam brigadalari: Kissifim, Sderot va Niramga raketa zarbasini berdik.
▪️ YUNRVA: Isroil G‘azo shimoliga oziq-ovqat yetkazib berishni to‘sib qo‘yishda davom etmoqda.
▪️ Human Rights Watch: Oktyabr oyi oxirida Isroil armiyasining turar-joy binosiga uyushtirgan hujumida 106 falastinlik o‘ldirilganini tekshirdik. Shubhasiz, bu urush jinoyati.
▪️ Isroillik garovga olinganlarning oilalari Isroil parlamentida norozilik namoyishi o‘tkazdi. Derazalarga bo‘yoq surtib, Knesset a’zolariga o‘z talablarini baqirgan namoyishchilar hukumatni HAMAS qo‘li ostidagi yaqinlarini ozod qilish uchun chora ko‘rishga chaqirdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati