IFPRIning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqiladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 15
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-04-2024, 16:44
???? Muloqot chog‘ida IFPRI va CGIAR bilan O‘zbekistonda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni strategik rejalashtirish, tahlil qilish, ilmiy-tadqiqot natijalarini baholash hamda salohiyatni oshirish masalalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
✍️ Vazir o‘rinbosari o‘z navbatida bu kabi hamkorlik aloqalari, avvalo, sohada dalillarga asoslangan siyosatni rejalashtirish, ishlab chiqishda hamda yosh kadrlarni qayta tayyorlashda muhim poydevor vazifasini o‘tashini qayd etdi.
IFPRI tomoni, Xitoy qishloq xo‘jaligi siyosati tadqiqot markazi va Vetnam Qishloq xo‘jaligi siyosati tadqiqot instituti (HARPRI) tajribasidan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonning yosh soha mutaxassislari va tadqiqotchilarini IFPRI shtab-kvartirasida stajirovka o‘tash uchun qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
✅ Uchrashuv yakunida tomonlar IFPRI, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) mutaxassislari bilan birgalikda IFPRIning O‘zbekiston bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqishga kelishib olishdi.