Fil Foden Ronaldu, Lempard va Drogbaning natijasini takrorladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 16:42
Fil Foden “Aston Villa”ga qarshi uchrashuvda APLdagi uchinchi het-trikini qayd etdi.

“Manchester Siti” APLning 31-turida “Aston Villa”ni qabul qilib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Shaharliklar” yarim himoyachisi Fil Foden uchrashuvda uchta golga mualliflik qildi.

23 yoshli angliyalik futbolchi uchun bu APLdagi uchinchi het-trik hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Krishtianu Ronaldu, Frenk Lempard va Didye Drogba bilan tenglashib oldi.

24 yoshgacha bo‘lganlar orasida faqat Robbi Fauler (7), Maykl Ouen (7), Harri Keyn (6) va Erling Holand (5) APLda Fodendan ko‘proq het-trik qayd etgan.

Het-triklar soni bo‘yicha Premyer Liga rekordi Serxio Agueroga tegishli. U 12 uchrashuvda raqiblar darvozasiga uch bora to‘p yo‘llashga erishgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati