Nyukasl Gimaraynshga o‘rinbosar topdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 47
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 21:06
"Lion"ning hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki faoliyatini Angliya premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Fichajes`ning fikricha, “Chelsi” va “Nyukasl” 20 yoshli Sherki uchun kurashga tayyor.

Agar "Nyukasl" haqida gapiradigan bo‘lsak, bu klub Sherkiga Bruno Gimaraynshning o‘rnini bosa oladigan futbolchi sifatida qaraydi.

"Manchester Siti" braziliyalik futbolchiga faol qiziqish bildirmoqda, bu haqda anchadan beri matbuotda yozilgan.

Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari Rayan Sherkini 25 million yevroga baholamoqda. 2023/2024 yilgi mavsumda futbolchi 28 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati