Xorazmda zamonaviy sutni qayta ishlash korxonasi ishga tushiriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 16:32
????Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Xorazm viloyatiga ishchi tashrifi doirasida navbatdagi manzil "Tillo Domor" xususiy korxonasining Urganch shahrida barpo etilayotgan sutni qayta ishlash loyihasi bo‘ldi.

????Loyihaning umumiy qiymati 49 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Shundan 15 mlrd. so‘m tadbirkorning o‘z mablag‘i hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit liniyasi asosida 3,5 mln yevro jalb etilgan. Yangi tashkil qilinayotgan korxona 2 gektar maydonni egallashi nazarda tutilgan. Loyihaning yillik quvvati 20 ming tonnani tashkil etadi. Yillik eksport esa 2 mln dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlari 2019-yilda boshlangan bo‘lib, ayni kunlarda obekt ishga tushirish arafasida.

✅Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga nazar solsak, sutni qayta ishlash korxonasi rebrending bo‘lib, "Damar" brendi ostida mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bundan tashqari korxona sut yig‘ish shoxobchalarini ham ishga tushiradi. Bundan tashqari chorvachilik markazini qurish ham amalga oshirilayotgan bo‘lib, sut yetkazib beruvchilarga veterenariya va texnik hamkorlik qilish loyihasi ham ishga tushirilmoqda.

????Byudjetga tushishi kutilayotgan qo‘shimcha tushumlar 15 mlrd. so‘mni tashkil etsa, yillik pul aylanmasi 97 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Shunda 1200 tonna pishloq, 50 tonna sariyog‘ hamda 30 turdagi boshqa sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati