“Barselona” mashg‘ulotlar bazasini polisiyachilar qo‘riqlamoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 16:26
“Barselona” futbolchisi Inigo Martines tiktoker bilan tortishib qoldi.

Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar himoyachisi mashg‘ulotlardan so‘ng klub bazasidan chiqayotganda yosh tiktoker bilan nizoga borgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda futbolchi o‘zining Range Rover avtomobildan tushib, yosh yigitning yoniga borgani aks etgan.

“Bu oxirgisi bo‘lsin, so‘nggi marta meni ahmoq deb atading. Qayta takrorlanmasin. Bu do‘stingga ham tegishli”, — degan Martines tiktokerga qarab.

Tiktoker yigit ham unga qarab javob qaytargan. Atrofdagilar janjalga aylanayotgan nizoni bartaraf etish uchun tomonlarni tinchlantirgan.

Shu voqea tufayli “Barselona” futbolchilarini himoya qilish uchun polisiyaga murojaat qilgan. Marca nashrining ma’lum qilishicha, “ko‘k-anorranglilar” klub bazasini polisiya qo‘riqlamoqda.
“Barselona” Ispaniya chempionatida 67 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati