“Chelsi”ga yoqmagan futbolchini uchta grand talashyapti
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 20
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-04-2024, 16:20
Buning oqibatida 22 yoshli futbolchi yanvar oyida “Borusssiya Dortmund”ga ijaraga berib yuborildi.
Yosh himoyachining Bundesligada o‘yini ochilib ketdi. Maatsen himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, o‘nta uchrashuvda o‘z hisobiga bitta gol va ikkita assist yozdirib qo‘ydi.
French Sports Zone nashrining yozishicha, “Chelsi” kelasi mavsum ham Maatsenga imkoniyat bermaydi. Shu bois, 22 yoshli o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalar soni oshib bormoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, hozircha “Borussiya”ning o‘zi ham niderlandiyalik chap qanot himoyachisini tarkibda olib qolmoqchi. Qolaversa, bu futbolchiga “Bavariya” va “Nyukasl” ham og‘iz sola boshladi.
Londonlik o‘z tarbiyalanuvchisini 35 million funtga qo‘yib yuborishi mumkinligi aytilmoqda.