“Tolibon” yetakchisi dronlardan qo‘rqib harbiy lagerga ko‘chirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 16:16
Afg‘onistonning Qandahor viloyati osmonida dronlar parvozi kuzatilayotgani fonida “Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda harbiy lagerga ko‘chirildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, “Tolibon” yetakchisi Qandahordagi ushbu harakatning 205-armiyaga tegishli lageriga ko‘chib o‘tgan. Bunga Oxundzoda ehtimoliy hujumdan qo‘rqishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Hilmand viloyati gubernatori Abdul Ahd Tolib “Tolibon” yetakchisining xavfsizligi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan, Oxundzoda jangchilari ham Panjvay tumanining turli hududlariga ko‘chib o‘tgan. “Tolibon” o‘z yetakchisining Panjvay tumaniga ko‘chirilishi haqida rasman hech narsa demayapti.

O‘tgan hafta davomida Afg‘onistonning bir qancha viloyatlari, jumladan, Qandahor osmonida bir necha dronlar qayd etilgan. Oxirgi holat 3 aprel kuni tunda Kapisa viloyati osmonida kuzatilgan.

Pokistonning Balujiston shtati sobiq razvedka vaziri “Tolibon” yetakchisi yashash joyini o‘zgartirishini “Amerika dronlaridan qo‘rqish” deb atagan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati