• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘lining qurilishi qanchaga tushishi aytildi

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘lining qurilishi qanchaga tushishi aytildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 15:28
"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temiryo‘lining qurilishi 8 mlrd dollarga baholanmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov ma’lum qildi.

Japarovga ko‘ra, ushbu temiryo‘l qurilishini boshlashga tayyorgarlik ko‘rish ishlari yakunlangan.

"Barcha jarayonlar yakunlandi va bu yil biz "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temiryo‘li qurilishi boshlanishini kutmoqdamiz. Bu bizga Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Kaspiy dengizini o‘z ichiga olgan, O‘rta yo‘lga chiqish imkoniyatini beradi. U bizni dengizga, Yevropaga – global va boshqa tarmoqlar, temiryo‘l liniyalari va dengiz yo‘llariga olib chiqadi. Qirg‘iziston nihoyat dengizga chiqa olmagan davlat maqomini yo‘qotadi", degan Japarov.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda temiryo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari yangilanish bosqichida.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati