• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • “Qirg‘iziston olimlari kuchli zilzilalar bo‘lishini taxmin qilmoqda” — Oqilbek Japarov

“Qirg‘iziston olimlari kuchli zilzilalar bo‘lishini taxmin qilmoqda” — Oqilbek Japarov

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 15:26
Qirg‘iziston olimlari kuchli zilzilalar bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu haqda Vazirlar mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov parlament yig‘ilishida ma’lum qildi.

Japarovga ko‘ra, olimlar xavfli hududlarni aniqlab, ularni o‘rganishmoqda.

Vazirlar mahkamasi rahbari so‘nggi 100 yil ichida Qirg‘iziston hududida 7 balldan ortiq 10 dan ortiq zilzila sodir bo‘lganini aytdi. Ular Kemin, Sari-Qamish, Oloyda kuzatilgan.

Shu munosabat bilan Vazirlar mahkamasi rahbari qurilishda eng zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, binolarning seysmik chidamliligini tekshirish dolzarb ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 4 mart kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida 5 magnitudali, Qirg‘izistonda esa 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. Yer silkinishlarini poytaxt va Chuy viloyati aholisi his qilgandi. Shu kuni O‘zbekiston hududida ham 4,6 magnitudali zilzila qayd etilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati