Farg‘onada yurak amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi
- Жанр: Salomatlik
- Смотрели: 26
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-04-2024, 15:08
Transkateter aorta qopqog‘ini almashtirish amaliyoti qilingan bemor 84 yoshda. Kardiojarroh Kamoliddin Rahmonovning aytishicha, murojaat qilgan bemor doimiy ravishda ortib borayotgan nafas qisilishi, angina xurujlari, pastki ekstremitalarning shishishi va hayot sifatining yomonlashishi bilan og‘rigan. Tashxisda aorta qopqog‘ining kritik stenozi aniqlandi. Ochiq jarrohlikning yuqori xavfi tufayli aorta qopqog‘ini endovaskulyar usul bilan almashtirishga qaror qilindi.
Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi. Bemor ertasi kunidan mustaqil yura boshladi.