Yunusobod dehqon bozorini 6 qavatli qilish taklif etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 15:08
Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Yunusobod dehqon bozori va Ahmad Donish bozorini olti qavatli qilish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxt kengashi yig‘ilishida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentning o‘ta cheklangan maydoni sharoitida mavjud infratuzilmani vertikal o‘sishi hisobiga sanoat va savdoni rivojlantirish zarur.

«Masalan, 4,8 gektarlik Yunusobod dehqon bozori bir qavatli bo‘lgani uchun dimiqib ketgan. «Aloqabank» boshqaruvi raisi Irisbekova [bozorni] yer ostiga ikki qavat, yer ustiga olti qavat qilib qurishga xorijlik investorlar 40 million dollar sarmoya kiritib va 2500 ish o‘rni yaratish taklifini bergan», — dedi prezident.

Yunusobodda tumanida 16,5 gektar maydonda joylashgan kichik sanoat zonasida 91 ta bino va inshootlar joylashgan. Lekin ularning 77 ming kv metr binolarni 3−4 qavat qilib qayta qurish hisobiga qo‘shimcha 200 ming kv metr hosil bo‘lishi mumkin, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident sessiyada Amir Temur shohko‘chasidagi sakkizta davlat idorasi binolarini rekonstruksiya qilish va savdo ob’ektlari, ofislar va yer osti to‘xtash joylariga ega mehmonxonalar tashkil etish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga berishni ham taklif qildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati