Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun vakant lavozimlarga tanlov e’lon qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 14:58
O‘zbekiston 2021 yilda Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilgani tarixiy voqea bo‘lgani va undagi majburiyatlarni bajarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari viloyat va tuman hokimlari ushbu shaxslarga yordam berish, ularning uyushmalari va tashkilotlari bilan muloqot qilish, sharoit yaratish bilan yetarlicha shug‘ullanamayotgani, ayrim vazirlik, idoralar va viloyat hokimliklarda nogironligi bo‘lgan birorta odam ishga olinmagani tanqid qildi.

Yig‘ilishda qo‘yilgan masalalar ijrosi bo‘yicha ayni paytda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash maqsadida ularga mos ish o‘rinlari o‘rganib chiqilgan.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov e’lon qilindi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, vazirlik va idoralar hamda korxona, tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tanlovga oid ma’lumot agentlikning vakant lavozimlarga oid ochiq portaliga joylashtirildi.

Vakant lavozimga ariza yuborish uchun vacancy.argos.uz portaliga kirish, keyin "Kabinetga kirish" tugmasini bosish talab etiladi.
Keyingi qadamda OneID tizimidan ro‘yxatdan o‘tish kerak. Bu tizimdan ro‘yxatdan o‘tganlar esa login va paroli orqali shaxsiy kabinetiga kiradi.
Shundan so‘ng asosiy sahifaga o‘tib, "Vakansiya izlash" tugmasini bosish va "Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun" bo‘limiga o‘tish zarur. Keyin vakant ish o‘rnini tanlash hamda malaka talablari bilan tanishgandan so‘ng "Ariza yuborish" tugmasini bosish lozim.
Ariza holatini "Mening arizalarim" bo‘limida kuzatib borish mumkin.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan vakant lavozimlar uchun ochiq tanlovlar soddalashtirilgan tartibda tashkil etiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati