Xorazmda chigit ekish mavsumiga start berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 14:52
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov joylarda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligini ta’minlash, dalalarda olib borilayotgan bahorgi agrotexnik tadbirlarni ko‘zdan kechirish maqsadida ayni paytda Xorazm viloyatida bo‘lib turibdi. Vazir tashrif davomida "Xorazm faxri" fermer xo‘jaligining dala maydonida ham bo‘ldi.

????Bu yerda ayni paytda yerga urug‘lik chigit qadash ishlari amalga oshirilmoqda. Vazir shu yerning o‘zida dehqon va fermerlar bilan aynan ekish uchun olib kelingan chigitning xususiyati, uning mahalliy iqlim sharoitlariga mosligi va uning unib chiqish davridagi agrotexnik tadbirlar qanday amalga oshirilishi nuqtai nazaridan suhbatlashdi.

????Fermerlar, klaster rahbarlari hamda olimlar hamkorligida bugungi kunda amalga oshirilayotgan barcha ishlarning ketma-ketligi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi va bu Xorazm viloyati uchun maqbulligi nuqtai nazaridan fikr almashildi. Bundan tashqari olimlarning fermer hamda klasterlar bilan birgalikda, hamjihatlikda ishlashlari zamirida gap katta ekanligi, bu orqali ilmni amaliyotga joriy etish mumkinligiga ham alohida e’tibor qaratildi.

"Xorazm faxri" fermer xo‘jaligi rahbari Otabek Qurbonov dala maydonida turib bu yilgi rejalar hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan agrotexnik tadbirlar borasida taqdimot qildi. Aytish kerak, fermer xo‘jaligi yer maydoni lazer tekislash uskunasida tekislangan. Umuman olganda bu yerda bugungi kun talablariga to‘laqonli mos keladigan tadbirlar amalga oshirilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati