Qashqadaryoda «Barkamol avlod» maktabi direktori yirik miqdorda pora olayotgan vaqtida ushlandi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 19
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-04-2024, 14:48
Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, u Qarshi tumanidagi maktablardan birining direktor o‘rinbosariga o‘rtoqlari orqali Yakkabog‘ tumanidagi maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimini egallashiga yordam berishni va’da qilgan. U xizmat uchun 55 ming dollar so‘radi. U 30 ming dollar avans olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) bilan ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.