Etti nafar qozog‘istonlik Everestni zabt etish uchun yo‘lga chiqadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 14:44
Kazakh Everest Team Qozog‘iston sport-vatanparvarlik ekspedisiyasi Everestning eng baland cho‘qqisiga chiqishni 6 aprel kuni boshlaydi, deya xabar beradi Kazinform agentligi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Cho‘qqini zabt etish Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari Sag‘adat Nurmag‘ambetov, Rahimjan Qoshqarbayev va Aliya Moldag‘ulovaga bag‘ishlanadi.

Ekspedisiyaga taniqli qozog‘istonlik alpinist, Qozog‘iston Respublikasi Qurolli Kuchlari Tog‘ mashg‘ulotlari markazi instruktori, mayor Maqsut Jumayev boshchilik qilmoqda. Kazakh Everest Team yetti kishidan iborat bo‘lib, ular orasida skayranner-sportchi Anar Burasheva ham bor.

Ayollarning "Dunyo cho‘qqisi"ni zabt etishda ishtirok etishi doimo katta qiziqish uyg‘otadi. Alpinistlar o‘z oldilariga maqsad qo‘yishdi - Everest cho‘qqisiga chiqish va u yerda Qozog‘iston bayrog‘ini ko‘tarish.

– Biz nafaqat mamlakatimiz tarixida yangi sahifa yozish, balki sportchilarning yosh avlodini ham ruhlantirishimiz kerak, – deydi Maqsut Jumayev. - Men ekstremal sportda ham gender tengligi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlayman. Agar zamonaviy qizlar erkaklar bilan teng ravishda eng yuqori cho‘qqilarni zabt etishga tayyor va kuchga ega bo‘lsa, biz ularga bu qadamni qo‘yishda yordam berishimiz kerak.


Anar Burasheva 1b, 2a va 2b toifali mahalliy cho‘qqilarga, Talg‘ar, Montblan va Kilimanjaro cho‘qqilariga chiqdi. Anar Space Trail Running klubida murabbiy bo‘lib ishlaydi. U Sky Run Groupda skayranner va ike Running Club Almatyda peycer. Thian Shan trail race - 42 km, Tengri ultra - 35 km, Olmaota tog‘li yarim marafon, Irbis race 42 km, Red planet Race - 30 km, Almati marafoni - 42 km va Madeira Island Ultra Trail – 60 km kabi professional musobaqalarda birinchi va sovrinli o‘rinlar uchun sport mukofotlariga ega.
Anarning so‘zlariga ko‘ra, Everest cho‘qqisiga chiqish eng qiyinlaridan biridir.
- Bu - diqqatni jamlash, iroda va o‘zini yengishning noyob tajribasi. Men o‘zimni kuchli his qilaman va bu yo‘ldan borishga tayyorman. Men ayollar zamonaviy dunyoda yangi marralarni zabt etishlari, o‘z orzulari va imkoniyatlari chegaralarini kengaytirishlari kerak, deb hisoblayman, - dedi u.
Everest cho‘qqisiga (8849 m) yakuniy ko‘tarilishdan oldin ekspedisiya a’zolari qulay ob-havo paytini kutishadi. Everestdagi tabiiy sharoitlar ekstremal - bo‘ronli shamollar, - 50 ° S gacha bo‘lgan sovuqlar, qor ko‘chkilari, toshlar, muz yoriqlari va qor yog‘ishi. Rejaga ko‘ra, ko‘tarilish 12-16 soat davom etadi. Pastga tushish ham 6-8 soat davom etadi va ko‘tarilish bilan bir xil konsentrasiya va qat’iyatni talab qiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati