MYU 19 yoshli braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 14:38
"Manchester Yunayted" "Palmeyras"ning hujumkor yarim himoyachisi Talisga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi jurnalist Diyego Lima.

"Mankunianliklar" muzokaralar olib borilgan taqdirda 19 yoshli futbolchining narxini tushunish uchun birinchi aloqalarni o‘rnatishgan.

Talis 3 karra Libertadores kubogi chempionining asosiy jamoasi safida hali debyut qilganicha yo‘q, ammo klub tomonidan turnirning joriy mavsumiga ro‘yxatdan o‘tgan 16 nafar yoshlar jamoasi futbolchilaridan biri.

Hozir "Palmeyras" futbolchini sotish niyatida emas va u asosiy tarkibdan o‘z o‘rnini topishiga ishonmoqda. Uning 2026 yilgacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomasida tovon puli 40 million yevroni tashkil qiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati