Ayrim ichak bakteriyalari yurak xastaliklari xavfini kamaytirishi aniqlandi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 25
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 14:36
AQShning Brouda instituti va Garvard universiteti olimlari ichaklardagi ayrim bakteriyalar — «Oscillibacter» va «Eubacterium coprostanoligenes» qonda xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam berishini hamda bu yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining oldini olishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari «Cell» jurnalida chop etildi.

Olimlar jamoasi 1400 dan ortiq ishtirokchilarining metabolitlari va mikrobial genomlarini tahlil qilishdi. Bu yurak-qon tomir kasalliklari uchun xavf omillariga qaratilgan yirik Amerika tadqiqot loyihasidir. Mutaxassislar ichak mikrobiomasidagi qaysi o‘zgarishlar yurak va qon tomirlarining yaxshi ishlashi bilan bog‘liqligini aniqlashga harakat qilishdi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ichaklarida ko‘proq «Oscillibacter» va «Eubacterium coprostanoligenes» bakteriyalari bo‘lgan odamlarda xolesterin almashinuvi yaxshilangan. Ushbu bakteriyalar xolesterinni oraliq mahsulotlarga aylantirishga qodir bo‘lib, keyinchalik u boshqa bakteriyalar tomonidan parchalanib, tanadan chiqariladi.

Qayd etilishicha, xolesterin konsentrasiyasining pasayishi ateroskleroz himoyasi bilan bog‘liq. Ateroskleroz qon tomirlarining devorlariga ta’sir qiladi, ularning elastikligini pasaytiradi va qon oqimiga to‘sqinlik qiladi. Natijada ichki organlarning qon ta’minoti buziladi va gipertoniya rivojlanadi. Bu qon tomirlarining yorilishi, miokard infarkti xavf solishiga sabab bo‘lishi mumkin.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati