O‘zbekiston elchilari tomonidan Samarqand viloyatida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 14
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-04-2024, 14:36
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tadbir davomida O‘zbekistonning Malayziya, Singapur, Yaponiya, Avstriya, Italiya, Polsha, Eron, O‘mon, BAA va Turkmanistondagi elchilari so‘zga chiqib, qishloq xo‘jaligi, turizm, oziq-ovqat, sanoat va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.
Yaqin muddatlarda viloyatga Malayziya, Singapur va Avstriyadan delegasiyalar kelishi, xorijlik va mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida maqsadli uchrashuvlar tashkil etish, ular bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun aniq takliflar ishlab chiqish zarurligi alohida qayd etildi.
Tezkor ma’lumot almashish uchun "TIV–Samarqand–Elchixonalar" onlayn-platformasi tuzildi. Elchilarning viloyatdagi shahar va tuman hokimlari bilan bevosita hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.