The Guardian: Ukraina razvedkasi Qrim ko‘prigini portlatmoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 14:30
Ukraina razvedkasi 2024 yilda Rossiyaning kontinental hududini anneksiya qilingan Qrim bilan bog‘laydigan deyarli 19 kilometrlik inshoot — Qrim ko‘prigini uchinchi bor portlatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda razvedkaning yuqori martabali vakillariga tayanib, The Guardian xabar berdi.

Razvedka yaqin kelajakda ko‘prikni yaroqsiz holga keltirishlari mumkinligiga ishonmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanovda “bu maqsadga erishish uchun mablag‘ning katta qismi” allaqachon mavjud. Hujum dronlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Harbiy konflikt boshlanganidan keyin Ukraina tomonidan Qrim ko‘prigida ikkita portlash sodir etildi. 2022 yil 8 oktyabr kuni ko‘prikdan o‘tayotgan yuk mashinasi portlatildi, temir yo‘lga zarar yetdi va magistralning bir necha qismi vayron bo‘ldi. Ikkinchi portlash 2023 yil 17 iyulda sodir bo‘ldi.

Birinchi portlashda to‘rt kishi halok bo‘lgandi, o‘shanda ko‘prikning avtomobil qismidagi oraliqlardan biri qisman qulab tushgan. Hodisadan ko‘p o‘tmay Rossiya FXX ushbu ishda gumon qilingan 12 kishidan sakkiz nafari hibsga olingani haqida xabar berdi.

Ko‘prikda sodir bo‘lgan ikkinchi portlash oqibatida mashinada bo‘lgan er-xotin halok bo‘ldi, ularning 14 yoshli qizi yaralandi. Ko‘prikning avtomobil qismi ham shikastlandi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati