Turkiyada terrorchilik guruhiga a’zolikda gumonlanib ushlangan O‘zbekiston fuqarosi oqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 14:28
Turkiyada ISHID terrorchilik guruhiga a’zolikda gumonlanib bir guruh kishilar qo‘lga olingandi. Ular orasida O‘zbekiston fuqarosi ham borligi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

27 mart kuni Turkiya mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ISHID xalqaro terrorchilik guruhiga a’zo deb gumon qilinayotgan 70 kishi ushlangani haqidagi xabarlar tarqaldi. Qo‘lga olinganlar orasida Andijon viloyatida tug‘ilgan 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ham borligi aniqlangan. Advokatlar aralashuvi natijasida uning terrorchilik guruhiga aloqasi borligi haqidagi vajlar o‘z isbotini topmagan va qo‘yib yuborilgan.

Bosh konsulxona o‘z o‘rnida o‘zbekistonliklarni turli buzg‘unchi oqimlarning domiga ilinib qolmaslik uchun quyidagilarga e’tibor qaratishni tavsiya qildi:

Mart oyining oxirlarida Turkiyaning 21 viloyatida ISHIDga qarshi o‘tkazilgan to‘rt kunlik operasiya natijasida 50 dan ortiq kishi qo‘lga olingandi. ISHID nomidan terakt uyushtirishda gumonlanib, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarosi ham ushlangan.

Shunga o‘xshash operasiyalar Turkiyada muntazam ravishda amalga oshiriladi.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati