Turkiyada o‘zbekistonlik ISHIDga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 13
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-04-2024, 14:26
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi xabariga ko‘ra, ishga advokatlar aralashgan. O‘zbekiston fuqarosining terrorchilik guruhiga aloqadorligi haqidagi iddaolar tasdiqlanmadi va u qo‘yib yuborildi.
Turli buzg‘unchi tendensiyalar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun vatandoshlarga quyidagilarni qilish tavsiya etiladi:
Telegram, Instagram, Tik-Tok, YouTube va WhatsAppdagi ekstremistik kanal va saytlarga a’zo bo‘lmaslik;
mobil telefonlarda diniy mazmundagi ma’ruzalar, audioyozuvlar, tasvirlarni saqlamang va tarqatmang;
noma’lum shaxslarning elektron aloqa vositalari orqali shubhali taklif va tanishuv takliflariga javob bermaslik.
O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, ularning xorijdagi o‘zini tutishi mamlakat va xalqning obro‘-e’tiboriga, boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlariga ta’sir qilishini unutmasliklari tavsiya etiladi.
Avvalroq diplomatik vakolatxona joriy yilning yanvar-fevral oylarida 163 nafar O‘zbekiston fuqarosining Turkiyaga kirishi taqiqlangani, ulardan 54 nafari avvalroq mamlakat hududida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etgani haqida xabar bergan edi.