Ten Xag: Ishonchim komilki, Maunt Manchester Yunayted uchun katta o‘yinchi bo‘ladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 14:12
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag yarim himoyachi Meyson Maunt jamoa uchun muhim futbolchiga aylanishiga ishonch bildirdi. Yozda mankunianliklar angliyalik uchun 65 million yevro to‘lagan, biroq futbolchi o‘zining debyut golini faqat APLning so‘nggi turida kiritgandi.

“Maunt keyingi qadamni tashlamoqchi edi. Ishonchim komilki, u kelajakda "Manchester Yunayted" uchun katta o‘yinchi bo‘ladi. "Chelsi" Meysonni o‘zida saqlab qolmoqchi bo‘lgan va unga bir necha bor yangi shartnoma taklif qilgan. Biroq, u bu yerga kelib, "Manchester Yunayted" futbolchisi bo‘lishga ahd qildi", - dedi Ten Xag matbuot anjumanida.

Maunt bugun o‘zining sobiq jamoasi "Chelsi"ga qarshi o‘ynash uchun "Stemford Bridj"ga boradi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati