Nyukasl yetakchisini yo‘qotishdan qo‘rqadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 14:08
"Nyukasl" yozgi transfer oynasida Bruno Gimaraes bilan xayrlashishi mumkin. The Sun nashrining yozishicha, "magpi"lar moliyaviy feyr-pley muammolari jamoa yetakchisini sotishga majbur qilishidan qo‘rqishadi.

Gimaraes mavsumning birinchi yarmida yangi shartnoma imzoladi, uning transfer narxi 100 million qilib belgilangan. Manbaga ko‘ra, Bruno uchun kurashda Fransiyaning “PSJ” jamoasi yetakchilik qilmoqda.

Braziliyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" va Londonning "Arsenal" klublari ham da’vo qilmoqdalar. 26 yoshli yarim himoyachi Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati