Toshkentda yuk mashinasi va 14 ta avtomashina ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 13:38
YTH natijasida 2 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Bugun, 4 aprel kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida 10 ga yaqin avtomashinalar ishtirokida YTH sodir bo‘lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati izoh berdi.

Aniqlanishicha, bugun, 4 aprel kuni soat 11:00 atrofida Yashnobod tumani Mahtumquli ko‘chasida Kamaz tirkamali yukavtomashinasi hamda 14 ta yengil avtomashinalar ishtirokida, 3 ta Cobalt, 2 ta BYD, 1 ta Tracker 2, 1 ta Spark, 1 ta Damas, 1 ta Nexia 2, 1 ta Nexia 3, 1ta Cherry va 3 ta Lacetti avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

YTH natijasida 2 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati