Adama Traore Ispaniya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 13:34
"Fulxem" vingeri Adama Traore faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Todofichajes nashri xabarlariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchini "Valensiya" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Yozgi transfer oynasi vaqtida tomonlar Traorening transferi borasida muzokaralar olib borishlari mumkin.

Futbolchining bozor qiymati to‘qqiz million yevroga baholanmoqda va uning "Fulxem" bilan shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Adama "Fulxem"ning asosiy tarkib futbolchisi emas. Ispaniyalik futbolchi Angliya chempionatining 11ta uchrashuvida qatnashib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati