Andijonda 752 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 13:28
Andijon shahrida 752,5 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Andijon shahar bo‘lim tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va ETK xodimlari bilan hamkorlikda reyd tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida “S.i.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar Andijon shahridagi 23 ta ijtimoiy soha ob’ektining qozonxonalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 752,5 million so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Andijon viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati