Andijon viloyatidan Qozog‘iston Respublikasiga 85 ming tup tut ko‘chatlari yetkazib berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 13:00
Xususan, tutchilik va ipakchilikdagi «o‘zbek modeli» tajribasini Qozog‘istonda joriy etish, hamkorlikda tut plantasiyalarini tashkil etish hamda ipak qurti boqish an’anasini qayta tiklash maqsadida Andijon viloyati Marhamat tumanidan Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatiga 85 ming tup tut ko‘chatlari yetkazib berildi.

Mazkur tut ko‘chatlari «Ipak ko‘chat» tutchilik klasteridan yuborilgan bo‘lib, bir yilda to‘rt marta hosil olish mumkin bo‘lgan nav hisoblanadi. Bu nav «Marhamat-2017» deb nomlanib, mazkur navli tutni Qozog‘istonga sotish natijasida qo‘shni davlat dalalarida tutchilik klasterlarini tashkil qilish maqsad qilingan. Bu borada «Marhamat-2017» tut navining muallifi Adulfattoh Musurmonqulov Turkiston viloyatiga borib mahalliy fermerlarga tut ko‘chatlarini ekishda uslubiy yordam ko‘rsatdi.

Maqsad O‘zbekiston tajribasini Qozog‘istonda joriy etish orqali mahalliy aholi bandligini ta’minlash va ularga daromad manbaiga ega bo‘lgan kasbni o‘rgatishdir.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati